Dunyoning Xitoy, Hindiston kabi eng ifloslantiruvchi davlatlari BMTning 2035-yilgacha bo‘lgan yangi iqlim maqsadlarini belgilash muddatiga amal qilmadi, deb yozmoqda Reuters. Global isishni to‘xtatish harakatlari Donald Trampning saylanishidan keyin bosim ostida qolgani aytiladi.
2024-yil ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi — global o‘rtacha harorat birinchi marta sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 darajadan ko‘proqqa ko‘tarildi.
BMTTD 2023-yili Sirdaryodagi qishloq maktabida ko‘mirga muqobil isitish tizimini ishga tushirdi. Iqtisodchilar isitish mavsumi yakunlariga tayanib, yangi “yashil” texnologiya qanchalik foydali ekani va uning uchun qanday sharoitlar yaratilishi kerakligini o‘rgandi. Loyiha natijalari “Gazeta.uz” materialida.
BMTTD Yaponiya hukumati ko‘magida Markaziy Osiyo shaharlarining tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish bo‘yicha mintaqaviy tashabbusni ishga tushirdi. 5 million dollarlik loyiha uch yilga mo‘ljallangan.
Bokuda o‘tgan COP29 iqlim sammitida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda yordam sifatida yiliga 300 mlrd dollar ajratishga kelishildi. Ammo qatnashchilarning ayrimlari tashabbusni tanqid qilib, bu miqdor muammo ko‘lami uchun yetarli emas, demoqda.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 250 million dollar kredit ajratdi. Mablag‘ transport va energetika kabi tarmoqlarda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish, suv resurslari va qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shavkat Mirziyoyev COP 29`dagi nutqida iqlim o‘zgarishlari asosiy global tahdidga aylanib borayotgani, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Prezident global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda bartaraf etishda qator takliflarni bildirdi.
2024-yilda o‘rtacha global harorat rekord darajaga yetishi kutilmoqda. 2015-yilgi Parij kelishuvi doirasida mamlakatlar global isishni 1,5 daraja Selsiygacha cheklashga kelishib olgan, ammo bu yil ko‘rsatkich mazkur chegaradan oshishi mumkin.
Ekoturizm deganda jahon amaliyotida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, tabiat qo‘ynida dam olish tushuniladi. Chetda ekoturizm qanday rivojlantirilyapti, bu borada kim ilg‘or, O‘zbekistonda uni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin — Atlas konsalting kompaniyasining “Gazeta.uz” uchun maxsus sharhi shu haqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘rtacha global harorat 2040-yilgacha 1,5 darajaga ortishi prognoz qilinganiga qaramay, hozirgi vaziyatda bu holat 2030-yildayoq yuz berishi mumkinligi mamlakatni jiddiy xavotirga solayotganini ta’kidladi.
O‘tgan uch oy — iyun, iyul va avgust — tarixdagi eng issiq davrga aylandi. Sayyorada ketma-ket ikkinchi yil anomal issiq yoz qayd etilmoqda.
Namibiya hukumati 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil, begemot va zebralarni o‘ldirish rejasini tasdiqladi. Ularning go‘shti mamlakatda yuz bergan so‘nggi 100 yildagi eng yomon qurg‘oqchilik fonida oziq-ovqat tanqisligiga duchor bo‘lgan jamoalarga tarqatiladi.
Ortda qolgan oy tarixdagi ikkinchi eng issiq iyul bo‘ldi va ketma-ket 13 oy davomida qayd etilgan harorat rekordlarini buzdi. Biroq, iqlimshunoslarning ogohlantirishicha, global isish davom etmoqda.
O‘zbekiston prezidenti huzurida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha davlat rahbari huzuridagi yuqori maslahat organi — Iqlim kengashi tuziladi.
21-iyul, yakshanba kuni 1940-yildan beri boshlangan kuzatuvlar tarixidagi rekord darajadagi issiq kun bo‘ldi. Yevropa iqlim xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni sayyorada o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 17,09 darajaga yetgan.
Global isish vino, zaytun moyi, kofe va kakao ishlab chiqarish sharoitlarini buzmoqda, bu esa ularning jahondagi narxlari oshishiga olib kelmoqda, deb yozdi Wall Street Journal. Issiqlik va qurg‘oqchilik ta’sirida so‘nggi yillarda bu mahsulotlarning narxi kamida ikki baravar qimmatladi.
Oxirgi 12 oy ichida global harorat kuzatuvlar tarixidagi eng yuqorisi bo‘ldi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. “Iqlim jahannamiga olib boradigan yo‘ldan chiqishimiz kerak”, — dedi u.
Dunyo aholisining deyarli 80 foizi 2023-yilda kamida 31 kun davomida anomal issiqlikni boshdan kechirdi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, antropogen omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqlim inqirozi bo‘lmaganda, bu kunlar ancha kam bo‘lar edi.
Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda Osiyoda iqlim o‘zgarishi tezlashgan. Mintaqada o‘rtacha global haroratdan tezroq isish kuzatilmoqda. Bu qurg‘oqchilik va issiqlik to‘lqinlaridan suv toshqini va bo‘ronlargacha bo‘lgan ekstremal ob-havo sharoitlariga olib keladi.
Shimoliy yarimsharda o‘tgan yilning yozi nafaqat zamonaviy ob-havo kuzatuvlari boshlanganidan beri, balki so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi, bu daraxtlarning yillik halqalarini o‘rganish orqali aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting